0

"LADA" avtomobillari o‘zimizda to‘liq hajmda ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda "LADA" avtomobillarini ishlab chiqarish 2021-yil sentabr oyida boshlangan.

"LADA" avtomobillari o‘zimizda to‘liq hajmda ishlab chiqariladi

 

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev "AvtoVAZ LADA" avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

 

Shuningdek, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostevning aytishicha, korxona nafaqat avtomobil turlarini kengaytirish, balki ko‘proq avtomobillar ishlab chiqarishni ko‘zlagan.

 

Maʼlumot uchun: 2021 yilda 650 ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa 2022-yilda bu ko‘rsatkich 4500 taga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani maʼlum qilingandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"