0

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni oshmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi yil boshidan beri qancha chaqaloq tug‘ilganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni oshmoqda

 

Maʼlum bo‘lishicha, 1 aprel holatiga respublikada 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,4 foizga oshgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 1991 yildagi tug‘ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 foizga ko‘paygan.

 

Avvalroq, Sirdaryoda 7 kilogrammli chaqаloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"