0

Farg‘onada er xotinini bolta bilan chopib qo‘ydi

Bunga er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro nizo sabab bo‘lgan.

Farg‘onada er xotinini bolta bilan chopib qo‘ydi

 

Maʼlumotga ko‘ra, 2022 yil 19 aprel kuni soat 08:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan X.D. turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib qoladi

 

Janjal natijasida, X.D. turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

 

Maʼlumot berilishicha, X.D.ning 4 nafar farzandi bo‘lgan. U shuningdek, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda olingan.

 

Qotillikdan so‘ng, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"