Sirdaryoda “Nexia-3” yonib ketdi
Portlash oqibatida “Nexia-3”ning yonidagi ikkita avtotransport vositasiga ham zarar yetgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Yangiyer shahrida «A.Jomiy» MFYdagi yengil avtomobilning gaz ballonida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bugun, 2022-yil 21-aprel kuni soat 09:50 larda, Yangiyer shahri, «A.Jomiy» MFY Paxtakor ko‘chasida joylashgan “Vatanparvar” tashkiloti binosi ro‘parasida qoldirilgan, haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan B,Q,ga tegishli "Nexia 3" rusumli avtomobilining gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan. Natijada, "Nexia 3" rusumli avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgan va yonidagi 2 ta avtotransport vositalariga texnik zarar yetgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.







