Sport

Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi

Asosiy jangda Nursulton Ro‘ziboyev ringga ko‘tariladi.

Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi

 

18 may kuni Toshkentda “Akhmat Fight Promotion”ning ikkinchi boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

 

Oqshomning markaziy jangida Nursulton Ro‘ziboyev ringga ko‘tariladi. Shuningdek, kechaning asosiy kardida Nursultoning ukasi Mashrab Ro‘ziboyev, Abbosxon va Bekzod Isadullayev ham ringga ko‘tariladi.

 

Hozircha bokschilarning raqiblari haqida maʼlumot berilmagan. Shuningdek, kechada Abbosxon va Bekzodning o‘zaro jang qilish va qilmasligi haqida ham maʼlumot yo‘q.

 

Avvalroq, Murodjon Ahmadaliyev yana himoya jangini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"