0

Bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi

Endilikda, Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning maqsadi tovarlarni taʼmirlash bo‘lsa, tovarni mazkur hududda qayta ishlashga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi

 

“Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga keltirilishicha, 2022 yil 1 maydan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bunda:

 

— tovarlarni qadoqlash, o‘rash (shu jumladan, qayta o‘rash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizatsiya qilish bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari hisoblanadi;

— tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlash hamda sanitariya-epidemiologik xulosani taqdim etish talab etilmaydi;

— qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalari qayta ishlovchi subyekt tomonidan tasdiqlanadi va bojxona organiga taqdim etiladi;

— aynan bir xil turdagi tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona organi tomonidan umumiy ruxsatnoma beriladi;

— maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari va vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishini taʼminlash tartibi qo‘llanilmaydi;

— qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona boji undirilmaydi.

 

Tovarlar eksporti uchun bojxona yig‘imlari stavkalari, imtiyozlar, preferensiyalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa choralar “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlariga ham tatbiq etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi