Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi
"Uzbekistan Airways" qo‘shimcha aviaqatnovlar jadvalini eʼlon qildi.

Farg‘ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani sababli hamda yo‘lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022 yil 5 may kuni «Uzbekistan Airways» AJ Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.
Qo‘shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
HY-085 Toshkent – Farg‘ona 15:00 / 16:00
HY-086 Farg‘ona – Toshkent 17:00 / 18:00
HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 / 20:00
HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00
Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.
Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.
☎️Maʼlumot uchun telefon: +998 78 140 02 00







