0

Toshkentda “zamhokim” pora bilan qo’lga tushdi

U tadbirkorga savdo do’koni uchun mahalladan yer ajratib berishni va’da qilgan.

Toshkentda “zamhokim” pora bilan qo’lga tushdi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir natijasida Yunusobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi mansabdor shaxs firibgarlik yo‘li bilan mahalliy tadbirkordan 35 ming AQSh dollari olgani aniqlandi.

 

Unga ko’ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorga yengil tipdagi savdo do‘koni o‘rnatishi uchun mahalla hududidan 50 m.kv. yer maydoni ajratilishi uchun tavsiya berib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"