0

Xorazmda soxta aviachiptachilar ushlandi

Ular chiptalarni 34 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirgan

Xorazmda soxta aviachiptachilar ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Urganch shahridagi “P.B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va uning norasmiy ishchisi X.X.lar 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirib, har birini 3-3,5 mln so‘mdan jami 106,2 mln so‘m va 200 AQSH dollariga sotib, pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"