0

G‘alla bozor munosabatlariga o‘tadi

Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

G‘alla bozor munosabatlariga o‘tadi

 

Prezident qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2022 yil hosilidan 2 550 ming tonna bug‘doy sotib oladi. Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishi uchun d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
 

Maʼlumotga ko‘ra, 2022 yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan, jami 2 550 ming tonna bug‘doy Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

 

Sotib olingan bug‘doyning 1 783,5 ming tonnasi tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug‘lik uchun olinadi. 500 ming tonnasi keyinchalik birja savdolarida sotish uchun fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi.
 

Shuningdek, 2022 yil hosili uchun bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.

 

Bundan tashqari, endilikda olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab berilishi maʼlum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"