0

Xorazmda 8 nafar shaxs “Cobalt” haydovchisini pichoqlab ketdi

Hodisa oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Xorazmda 8 nafar shaxs “Cobalt” haydovchisini pichoqlab ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs “Cobalt” haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. 

 

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, videoyozuvda aks etgan holat bo‘yicha 2 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan. 

 

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb eʼlon qilinib, protsessual tartibda qo‘lga olingan.

 

Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb eʼlon qilinib, 1 nafariga «qamoqqa olish» va 6 nafariga esa «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"