Jahon

Yevropa Isroil bilan energetik hamkorlikni kuchaytiradi

Bu Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish maqsadida amalga oshiriladi.

Yevropa Isroil bilan energetik hamkorlikni kuchaytiradi

 

Yevroittifoq Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish maqsadida Isroil bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi.

 

Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon Der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, YEI Isroil bilan energetika sohasida ikki yirik loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, tomonlar Sharqiy O‘rtayer dengizida gaz va vodorod quvurlari hamda Isroilni Kipr va Gretsiya bilan bog‘lovchi kabel tarmog‘i o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqyapti.

 

“Ukrainada vaziyat keskinlashgandan buyon Rossiya atayin Polsha, Bolgariya, Finlyandiya, golland va Daniya kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Ammo Kremlning bu harakatlari bizning Moskvaga energetik qaramlikdan qutulishimiz uchun yana-da katta turtki berdi”, – degan Der Lyayen Isroil janubiga tashrifida.

 

Shu bilan birga isroilliklar bilan birga O‘rtayer dengizi gaz resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator muammolar bor. Masalan, “Karish” gaz koni Livanning “Kana” koni bilan chegaradosh, ikki davlat uzoq yillardan buyon shelfni bo‘lisha olmayapti.

 

Isroil va Livan o‘rtasidagi dengiz chegarasi hamon aniq o‘rnatilmagan. Ular 856 kvadrat kilometr hududga daʼvo qilmoqda. Dengiz chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

 

Avvalroq YEI Nigeriyadan gaz sotib olishi mumkinligi maʼlum bo‘lgandi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.