O'zbekiston

O‘zbekistonda prezidentlik saylovini o‘tkazish bo‘yicha 24 ta tavsiya berildi

Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonga tashrif buyurib, mazkur tavsiyalar yuzasidan muhokama olib bordi.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovini o‘tkazish bo‘yicha 24 ta tavsiya berildi

 

Bugun, 16 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ouen Merfi boshchiligidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegasiyasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Ombudsman axborot xmzmati xabar bermoqda.


O‘zaro muloqotda 2021 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar va saylovchilarning siyosiy huquqlarini ta’minlashdagi Ombudsmanning o‘rni borasida o‘zaro fikr almashilgan.


Ta’kidlanishicha, o‘tgan saylovda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ovoz berishlari uchun zarur qo‘shimcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda qator monitoringlar o‘tkazilib, saylov uchastkalari a’zolariga tavsiyalar berilgan.


Ombudsman tomonidan saylash huquqiga ega bo‘lgan mahbus va mahkumlar o‘z huquqidan hech qanday mone’liksiz foydalana olishlari uchun jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham o‘rganilgan.


Uchrashuvda shuningdek, Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish Milliy preventiv mexanizmi doirasida jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, ularda fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlarining ishtirok etayotgani ham qayd etilgan.


Muloqotda O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining yakuniy hisobotida ilgari surilgan tavsiyalar haqida fikr almashilgan. Suhbat davomida mehmonlar tomonidan ushbu tavsiyalar O‘zbekistondagi saylov qonunchiligi va uni tashkil etish tartiblarini xalqaro ilg‘or tajribalariga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.


“O‘tgan yili O‘zbekistonda Prezidentlik saylovlari o‘tkazilgandan so‘ng ushbu jarayonlarni kuzatgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘z hisobotini aprel oyida e’lon qildi va unda 24 ta tavsiya o‘rin olgan. Bular tavsiya, xolos. Uni e’tiborga olish yoki olmaslik har bir davlatning o‘zi hal qiladi. Bizning hukumat taklifi asosida O‘zbekistonga tashrifimiz davomida tavsiyalarimizni birgalikda muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Bugunga uchrashuvimiz davomida ham ushbu institutning faoliyati, uning saylov jarayonlaridagi ishtiroki, har bir fuqaroga ovoz berish huquqini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashdik. Albatta, biz tavsiyalarimiz e’tiborga olinayotganidan hursandmiz. Biz bundan buyon ham hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz”,—degan delegatsiya rahbari Ouen Merfi.


Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari ham muhokama qilingan.

 

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda Epica temir to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, YTHga uchragan.

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilingani haqida xabarlar tarqaldi.