0

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi eʼlon qilindi

Kartoshka va shakar narxida o‘zgarishlar kuzatilgan.

Bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi eʼlon qilindi

 

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan

 

2022-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

 

suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 — 73 000 so‘m;

qo‘y go‘shti (1 kg) — 55 000 — 86000 so‘m;

kartoshka (1 kg) — 2000 — 7000 so‘m;

piyoz (1 kg) — 2000 — 6000 so‘m;

sabzi (1 kg) — 1500 — 6000 so‘m;

tuxum (10 dona) — 7000 — 15 000 so‘m;

guruch (1 kg) — 4500 — 22 000 so‘m;

o‘simlik yog‘i (1 l) — 15 500 — 28 000 so‘m;

shakar (1 kg) — 9600 — 17 000 so‘m.

 

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"