0

Andijonda aka-singillarni qasddan o‘ldirgan ayol qo‘lga olindi

Gumonlanuvchi xolavachchasidan qasd olish maqsadida bu ishni qilganini aytmoqda.

Andijonda aka-singillarni qasddan o‘ldirgan ayol qo‘lga olindi

 

Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi

 

Mamʼlum bo‘lishicha, jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat 1995 yilda tug‘ilgan, Izboskan tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

 

Qayd etilishicha, ushbu ayolning nomida bo‘lgan uyda 2022 yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (o‘g‘li 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.

 

Ayol xolavachchasi sabab oilasi buzilib ketgani uchun yuklarini o‘z uyiga olib kelmoqchi bo‘lganida xolavachchasi bunga qarshilik qilgani, unga uyni bo‘shatib qo‘yish haqida qo‘ygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.

 

Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uni uyda yo‘qligidan foydalanib hamda buvisi ko‘z ko‘rish va qulog‘i eshitish qobiliyati pastligini bilgan holda 16 iyun kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan o‘ldirib, jasadlarini uyni ayvon qismidagi polni tagidagi yerto‘laga yashirgan. Hozirda gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"