0

EPS-Topik test imtihoniga maxsus vosita olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Imtihon qoidalarini buzgan fuqaro qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi aytilmoqda.

EPS-Topik test imtihoniga maxsus vosita olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida EPS-Topik test imtihonlari o‘tkazilayotgan edi. Agentlik boshqa fuqaro o‘rniga testga kirish va testda qo‘shimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani va buning oqibatlari haqida ogohlantirgan.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro F.A. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

 

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

 

“Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz”,  - deyiladi agentlik xabarida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"