Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqti ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahri masjidlarida hayit namozi ertalab soat 05:20 da o‘qiladi.

9-iyul, shanba kuni jome masjidlarda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:20 da o‘qiladi.
Boshqa viloyat va hududlarda esa namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi.







