0

Toshkentda 2 ta avtomashina piyodani urib, bosib ketdi

Oqibatda fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda 2 ta avtomashina piyodani urib, bosib ketdi

 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida piyoda avtomashina urib, bosib ketishi ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda shahar IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 5 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan Z. Yu. “Hyundai Santa Fe” rusumli (davlat raqam belgisi 01 M 014070) bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Zarba oqibatida piyoda yiqilgan va bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M. X. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.

 

1980-yilda tug‘ilgan V .S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkentda 2 ta avtomashina piyodani urib, bosib ketdi