0

Jasur Umirov qahramon bo‘lib chiqyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Katta auditoriyasiga ega xonanda bir necha bor noqonuniy xatti-harakatlar qilgan.

Jasur Umirov qahramon bo‘lib chiqyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?

 

Ne'molchi.uz sayti xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha maqola tayyorladi. Voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan erkak qahramon bo‘lib chiqayotgani va bu qanchalik to‘g‘ri ekani haqida gap boradi. 

 

"Masalan, 2019 yilning aprel oyida tanishiga pichoq bilan hujum qilib, tahdid qiladi-da, mulkiga moddiy zarar yetkazgani uchun 15 kunga hibsga olinadi. Xonandamiz uch marta mashinasi bilan to‘ppa-to‘g‘ri birovning uyi darvozasiga borib uradi.

 

2020 yil may oyida karantin o‘rnatilgan paytda niqob tartibini buzib, ko‘chada baqiradi va mashinasining eshiklarini tepib uradi. Bularning barchasi suratga olingan-u, ammo bu safar hech qanday jazo qo‘llanmagan.

 

2020 yil oktabr oyida ham aynan shu yigit boshqa xonandani haqorat va tahdid qilgan videosini tarqatgan edi. Va yana, jazo yo‘q.

 

2020 yil oktyabr oyida xonanda Voyaga yetmagan qiz – litseyning 1-kurs o‘quvchisini zo‘rlaganlikda ayblandi. Biroq uning ikki do‘sti o‘zlarining aybsizligini tasdiqlagach, ish yopilib ketadi, lekin qizning otasi OAVga yordam so‘rab, murojaat qiladi. Shundan so‘ng prokuratura erkakka nisbatan yana tergov boshladi.U o‘z aybini tan olmasdan, 16 yoshli qizni jinoyat vaqtida o‘sha uyda bo‘lgan do‘stlari zo‘rlaganini aytdi. Ammo sud shunga qaramay, garchi qurbon atigi 16 yoshda bo‘lgani va bu xonandaga ayon bo‘lgani aniq bo‘lsa-da, yaʼni tergov jinoyatni shu moddaning 3-bandi (Voyaga yetmaganni zo‘rlash) bo‘yicha tasniflab turgan bo‘lsa hamki, uni 118-moddaning 1-bandi (Zo‘rlash) bo‘yicha aybdor deb topadi. Sud og‘irlashtiruvchi holatni eʼtiborsiz qoldirgani esa mutlaqo nomaʼlum.

 

Sud jinoyatchini 5 yilga, uning do‘stlarini esa yolg‘on guvohlik bergani uchun 1 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ammo 4 oydan so‘ng xonanda ozod qilindi. Chunki jinoyatchi uylangani tufayli jabrlanuvchi va uning vakili «Unga qarshi daʼvolari yo‘q»ligini bildirgan. Jazo ozodlikni cheklash bilan almashtirilgan.

 

Nega “O‘zbekkonsert” boshqa ijrochilarning litsenziyasini to‘xtatib qo‘yganidek, Jasur Umirovning litsenziyasini bekor qilmayapti. Hech bo‘lmaganda to‘xtatib qo‘ymayapti? Masalan, 2019 yilda “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonovning nomaqbul xatti-harakati uchun litsenziyasini to‘xtatib qo‘ygan edi-ku? “Alohida ijrochilarning o‘zboshimchalik qilishi, o‘zini tutishi, kiyinish madaniyati, suhbati, yaʼni muloqot madaniyatida milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan holatlar paydo bo‘layotgani sababli xalq eʼtiborini tortadi, ularga taqlid qilinadi. Ayniqsa yoshlar ulardan o‘rnak oladi”, – deydi “O‘zbekkonsert” .

 

O‘zbek estradasi ijrochilarining kiyimlari, suhbatlari, muloqot madaniyati milliy qadriyatlarimizga zidligini tushunishsa-yu, nahotki Voyaga yetmaganlarni zo‘rlash milliy qadriyatlarimizga mos keladi deb bilishsa?

 

Jasur Umirovning jinoyati va unga nisbatan sud tomonidan ham, kasbiy hamjamiyat tomonidan ham, jamoatchilik tomonidan ham qo‘llanilmagan jazo mamlakatimizda Voyaga yetmaganlarga hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha indamaslik va uning yashirilayotganiga yorqin misoldir. Biroq nega?

 

Bir yil vaqt o‘tdi. Xonanda konsertlar berishda va turli safarlar uyushtirishda davom etib kelyapti. Uning afishalari shahar bo‘ylab osilgan, konsertlari radio va Internetda tinmay aylanadi.

 

Jasur Umirov bir necha bezoriliklari bilan tanilgan, odamga tashlangan, zo‘rlashda ayblangan, ozod qilingan va mamlakatning asosiy joylarida konsertlar berib keladi.

 

Mamlakatimizda sodir bo‘lgan bu hikoyaning barcha ishtirokchilariga savollar bor.

 

Agar qurbonlarning “daʼvolari bo‘lmasa” nega jinoyatchiga zo‘rlashdek jinoyati uchun jazoni almashtirish imkoniyati berilyapti, hamma jinoyatdan boxabar-ku, buning nima ekanini tushuna turib, nahot nikoh fakti qurbonlarning noroziligini yumshatgan bo‘lsa?

 

Nega “adolatli tergov” uchun kurashgan jabrlanuvchining otasi atrofdagilarning qoralayotgan fikrlarini qizining baxtidan ustun qo‘yib, o‘z norasidasini zo‘rlovchiga turmushga berdi?

 

Qizning o‘zi esa voqea haqida mutlaqo izoh berishdan bosh tortmoqda. Qizig‘i ham shunda: qiz bu nikohdan baxtlimikan?

 

Nega Umirovning konsertlari tashkilotchilari jinsiy zo‘rlov uchun jazo muddatini o‘tayotgan shaxsga odatiy konsert dasturlarini uyushtirib berishyapti? U aybsiz deb topilmagan, Voyaga yetmagan jabrlanuvchiga uylanish o‘z aybini yuvdi degani emas. Nega zo‘rlovchini targ‘ib qilib uning eʼlonlarini saytlarga qo‘yish odatiy hol bo‘lib qolish kerak ekan?"

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"