Xorazmda xorijiy valyutani noqonuniy muomalaga kiritgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati Gurlan tumani hududida valyuta pullarini muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro N.ga 20 000 AQSH dollarini jami 221 mln so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Tadbir yakunida jami 25 200 AQSH dollari, 122 000 Qozoq tengesi, 123 300 Rossiya rubli va 259 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







