Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

 

Uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

 

Xususan, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, SHHTning bo‘lajak sammiti kun tartibi ko‘rib chiqildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"