0

Surxondaryolik qariya qarindoshini o‘ldirish uchun “killer” yolladi

U buning evaziga 50 mln so‘m vaʼda qilgan.

Surxondaryolik qariya qarindoshini o‘ldirish uchun “killer” yolladi

 

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 66 yoshli M.A. o‘z qarindoshini gumdon qilish uchun termizlik A.B.ga murojaat qiladi va o‘zining tengdoshi bo‘lgan qarindoshini o‘ldirib berish evaziga unga 50 million so‘m vaʼda qilgan. Bu joriy yilning 24 iyul kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat prokuratura tezkor xodimlari hamkorligida Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

 

Unga ko‘ra, M.A. kelishilgan puldan 1,8 million so‘mni “killerga” oldindan berayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.  

 

Hozirda M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"