0

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qizni pichoqlab qo‘ydi

Bunga to‘satdan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qizni pichoqlab qo‘ydi

 

“78.ru” xabar berishicha, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborgskiy tumanida 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit 20 yoshli qizni bir necha marta pichoqladi.

 

Hodisa 30 iyul kuni Simonova ko‘chasidagi 7-uy hovlisida sodir bo‘lgan. To‘satdan kelib chiqqan janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlanuvchini pichoqlagan. Qiz olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

 

Shundan so‘ng yigit pichoqni avval o‘zining yelkasiga, keyin esa ko‘kragiga urgan. U og‘ir ahvolda 3-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Qotillik yuzasidan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"