0

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola qotilga aylandi

Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola qotilga aylandi

 

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola tog‘asining o‘g‘lini otib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2 avgust kuni 2008 yilda tug‘ilgan E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan. U yerda 2007 yilda tug‘ilgan M.T. (tog‘asining o‘g‘li) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan.

 

Shundan so‘ng 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib, 15 yoshli M.T.ni chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"