O'zbekiston

«Uzbekistan Airways»ni xususiylashtirish yuzasidan tanlov eʼlon qilindi

Aviakompaniya vakolatxonalari 20 dan ortiq shaharlarda faoliyat ko‘rsatadi.

«Uzbekistan Airways»ni xususiylashtirish yuzasidan tanlov eʼlon qilindi

 

«Uzbekistan Airways» AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq tanlov eʼlon qildi.

 

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarmog‘ida aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:

 

– tarmoqda raqobatni rivojlantirish va unda davlat ishtirokini qisqartirish;

– tabiiy, moliyaviy, texnik va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

– tarmoqni rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini ko‘paytirish.

 

Kompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatish belgisi va savdo belgisi mutlaq huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

«Uzbekistan Airways» O‘zbekiston aviatsiyasi va xalqaro qoidalar nizomiga muvofiq yo‘lovchilarni va har qanday turdagi pochtalarni havo kemalari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishi bilan birga 50 dan ortiq belgilangan yo‘nalishlarda, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlariga muntazam ravishda reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniya vakolatxonalari 20 dan ortiq shaharlarda faoliyat ko‘rsatadi.

 

Kompaniya asosiy faoliyatidan tashqari, «Uzbekistan Airways»ga tegishli «Uzbekistan Airways Technics» MCHJ (havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish), «Uzbekistan Helicopters» MCHJ (maxsus aviatsiya), «O‘quv-mashg‘ulot markazi» MCHJ (taʼlim faoliyati) va “Ketring” MCHJ (bort uchun oziq-ovqatlar yetkazish) kabi tarkibiy korxonalari mavjud.

 

«Barcha qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy talabgorlar Taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 17-sentabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlari mumkin», – deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

«Uzbekistan Airways»ni xususiylashtirish yuzasidan tanlov eʼlon qilindi | Zamon.uz