Jahon

Politico: AQSH Kiyevga ayrim qurollarni maxfiy tarzda yetkazib beryapti

Bu aynan qaysi turdagi texnikalar ekanligi ochiqlandi.

Politico: AQSH Kiyevga ayrim qurollarni maxfiy tarzda yetkazib beryapti

 

Vashington Kiyevga taqdim etayotgan ayrim turdagi qurollari haqida maʼlumot bermayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Politico gazetasi xabar berdi.

 

“Vashingtonda AQSH Kiyevga administratsiya eʼlon qilganidan ko‘proq yordam bergani to‘g‘risida taxminlar yuribdi”, – deyiladi xabarda.

 

Xususan, bunga misol qilib Pentagon oliy martabali amaldorining Ukrainaga HARM radiolokatsiyaga qarshi raketasini yetkazib bergani haqidagi bayonoti keltirilgan. Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqt bu haqda hech qanday maʼlumot bermagan.

 

“Biz ilk bor ushbu raketa yetkazib berilayotgani haqida rasmiy maʼlumot berganimizda u haqida aniq gapirmaganmiz. Uni radiolokatsion xususiyatlarga ega qurol deb ataganmiz”, – degan amaldor.

 

Bundan tashqari, Politico administratsiya  Ukrainaga ATACMS ballistik raketalar yetkazib bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

 

Gazetaning xabar berishicha, o‘tgan hafta oxirida eʼlon qilingan harbiy yordam paketida Excalibur boshqariladigan artilleriya snaryadlari o‘rin olgan. Ular haqida ham Pentagon bayonotlarida gapirilmagan.

 

Avvalroq Ukrainaga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan davlatlar to‘g‘risida maʼlumot berilgandi.

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Kirill Budanov ommaviy tadbirda rus tilida gapirgani uchun 3400 grivna miqdorida jarimaga tortiladi.

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar sabab ayrim hududlarda vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Belarus rahbari Jo Bayden AQSh prezidenti bo‘lib qolganida, NATO davlatlari ham mojaroga tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 2025-yildagi rekorddan oshishi mumkin.

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

Belarus Prezidenti urushning tugashi tarafdori ekanligini bildirib, Zelenskiyni kelishuvga chaqirdi.

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

AQSh prezidenti muzokaralar natijasi Rossiya va Ukrainaning pozitsiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida xorijliklar ham bor.

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

Tramp ma’muriyatida bu masalada kelishmovchilik bor: ayrimlar zarbalarni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tinchlik muzokaralariga zarar yetishidan xavotirda.