Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan telefonlashdi

Muloqotda Yevropa Ittifoqi doirasidagi muloqotni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan telefonlashdi

 

Bugun, 29-avgust kui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

Germaniya Prezidenti davlat rahbari va ko‘p millatli o‘zbek xalqini mamlakat mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy qutladi. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining natijalari alohida qayd etildi, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy yangilanishlar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Yetakchilar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish natijasida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Joriy yil boshida o‘zaro tovar ayirboshlash 60 foizga o‘sdi. O‘zbekistonda Germaniyaning 200 dan ziyod yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘tgan oyda “Knauf”, “Papenburg” va “Falk Porsche” kabi taniqli korxonalar O‘zbekistonda o‘zlarining yangi zavodlarini ishga tushirdi.

 

Shu yilning iyul oyida Germaniya biznesining 100 dan ortiq vakillari ishtirokida o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishidan so‘ng iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarida 24 ta yangi investisiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish boshlandi.

 

O‘zaro manfaatli moliyaviy-texnik va madaniy gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zbekistonda Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert fondlari, Germaniyaning boshqa tashkilotlari faol ish olib bormoqda.

 

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari amaliy hamkorlikning kengayishi, shuningdek, uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarning ilgari surilishini qo‘llab-quvvatladi.

 

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz