O'zbekiston

Toshkent xalqaro aeroportida avtoturargohlar soni oshirildi

Shuningdek, uchish zalida umumiy ovqatlanish va chakana savdo shoxobchalari ishga tushishi kutilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida avtoturargohlar soni oshirildi

 

Uchib ketish zali oldidagi avtoturargoh sig‘imi soyabonlar va savdo shoxobchalari olib tashlanishi, xususan, avtobuslar va taksilar uchun yurish liniyasining qayta konfiguratsiyasi hisobiga 214 tadan 333 taga kengaytirildi.

 

Yo‘lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchilar uchun esa terminalning o‘zida sharoitlar yaratilmoqda. Tez orada uchish zalining uchinchi qavatida umumiy ovqatlanish va chakana savdo shoxobchalari ishga tushadi.

 

Uchib kelish zali oldida 175 o‘rinli yangi avtoturargoh qurildi va mavjud 122 o‘rinli avtoturargoh rekonstruksiya qilindi. Umuman olganda, aeroport oldi hududining yangi loyihasiga asosan avtoturargohlardagi joylar soni 187 foizga — 336 tadan 630 tagacha ko‘paytirildi. Ketish va kelish zallari orasidagi yopiq avtoturargoh mehmonxonaga va mehmonxonadan tashishni amalga oshiruvchi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun ajratiladi.

 

Boshqaruv kompaniyasi tomonidan to‘xtash joyi lokatsiyasi va to‘xtab turish davomiyligini (soat, kun) hisobga olgan holda tariflar o‘rnatildi. Xususan, eng yaqin uchta avtoturargohda bir soat (uchib kelish, uchib ketish, IBK “Toshkent-AERO”) turish 10 000 so‘m bo‘ladi. Olisdagi uchta avtoturargoh uchun (“Uchish kompleksi”, “Ruxsatnomalar berish byurosi” va “Yashil zona”) — 5 000 so‘m. Shu bilan birga, barcha avtoturargohlarda dastlabki 10 daqiqa bepul bo‘ladi. Kunlik to‘lov eng yaqin avtoturargohlarda 100 000 so‘m, olisdagi avtoturargohlarda 50 000 so‘m etib belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroportida avtoturargohlar soni oshirildi | Zamon.uz