Xorazmda 24 yoshli ayol tug‘ruqxonada vafot etdi
Marhuma qiz farzandni dunyoga keltirgan va jarrohlik amaliyotidan bir kun o‘tib, vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayolning shifokorlar aybi bilan vafot etgani haqida murojaatlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Xorazm viloyati prokuraturasi rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lshicha, 2022 yil 12 sentabr kuni Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksida tumanning Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i, “Ochanqalʼa” mahallasida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro G.B. qiz jinsli chaqaloq tuqqan va tug‘ruqdan keyin G.B.da qon ketish kuzatilgach, unda bachadon ortig‘i bilan olish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Jarrohlik amaliyotidan keyin G.Bekmatova 13 sentabr kuni RSHTYOIM Xorazm filialiga o‘tkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 14 sentyabr kuni filialning jonlantirish bo‘ylimida vafot etgan.
Fuqaro G.B.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud – tibbiy ekspertizasi hamda unga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud – tibbiy ekspertizasi, shuningdek G.Bekmatovaning vafoti bo‘yicha shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.







