O'zbekiston

Jazeera Airways Quvayt va Namangan o‘rtasida aviareyslarni yo’lga qo’yadi

Parvozlar haftada uch marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jazeera Airways Quvayt va Namangan o‘rtasida aviareyslarni yo’lga qo’yadi

 

Quvayt aviakompaniyasi 13-oktabrdan yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlarni yo’lga qo’yadi. Parvozlar haftada uch marta - dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

 

"Quvaytdan Namanganga birinchi muntazam reys Turizm uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi", — deya qayd etgan aviatashuvchi Bosh direktori Rohit Ramachandran.

 

Ta’kidlanishicha, Jazeera Airways 2021-yil bahorida O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat olgan. O‘tgan iyul oyidan boshlab Loukoster aviakompaniya Quvayt va Toshkent o‘rtasida parvozlarni amalga oshirishni boshlagan.

 

Ma'lumot o'rnida, Jazeera Airways 2004-yilda tashkil etilgan va 2008-yilda Quvayt fond birjasida ro‘yxatga olingan. 2018-yilda o'z maxsus terminali faoliyatini yo’lga qo’ygan mazkur aviakompaniya yaqin Sharq va Yevropa bo'ylab parvozlarni amalga oshiradi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda  o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

custom img

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

custom img

O‘zbekiston aksiyalari ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi

IPO jarayonida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

custom img

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

custom img

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"