0

Simyog‘ochda rasmga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Bolaning sog‘ligi haqida maʼlumot berildi.

Simyog‘ochda rasmga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

 

Namanganda simyog‘ochga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan 9-sinf o‘quvchisini 27,5 ming voltli tok urdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Voqea 19-sentabr kuni soat 19:05 da To‘raqo‘rg‘on—Rouston temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 81-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Jabrlanuvchi yigit tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Unga ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng, hozirda bemorning holati barqaror ekani aytilmoqda.

 

Aniqlanishicha, o‘quvchi ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari sonini oshirish va mashhurlikka erishish maqsadida poyezd yo‘liga o‘rnatilgan elektr simyog‘ochiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi masʼullari tomonidan bola tahsil oladigan 25-sonli maktabda muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"