0

Poytaxtda oshxonalarning biri yonib ketdi

Yong‘inni bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

Poytaxtda oshxonalarning biri yonib ketdi

 

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 10:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “M.Ashrafiy” ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVVga xabar kelib tushgan.



Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.
 

Hodisa oqibatida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.


Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"