0

Boqiy shahar O‘zbekiston o‘qituvchilari uchun eshigini ochadi

O‘qituvchilar ikki kun davomida "Boqiy Samarqand" majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.

Boqiy shahar O‘zbekiston o‘qituvchilari uchun eshigini ochadi

 

Bugun Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumxalq bayramining asosiy tadbiri bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbirda Xalq taʼlimi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Maktabgacha taʼlim vazirliklari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan respublikamizning 700 nafar ustoz-murabbiylari ishtirok etadi.

 

O‘qituvchilar ikki kun davomida "Boqiy Samarqand" majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.

 

Aytish joizki, Samarqand shahridagi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi ilk bor dunyoning 14 davlati rahbaridan iborat Shanxay Hamkorlik Tashkiloti aʼzolari kengashiga mezbonlik qilgan edi. Mazkur majmuada yuksak darajada o‘tkazilayotgan navbatdagi tadbir aynan o‘qituvchi va murabbiylarning kasb bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ayni damda Samarqandda tantanali tadbirga tayyorgarlik jarayoni kechmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"