0

Sansolarlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga jamoada o'rin yo'q

Kecha Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev rahbarligida tanqidiy yig'ilish o'tkazildi.

Sansolarlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga jamoada o'rin yo'q

 

Kecha, 28-sentabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev rahbarligida QQS manfiy farq summalarini qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bo'yicha murojaatlar ko‘rib chiqilishiga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Tanqidiy muhokama natijalari bilan murojaatlarni belgilangan tartib va muddatda ko‘rib chiqmasdan sansolarlikka yo‘l qo‘ygan, xizmat vazifalarini bajarishda masʼuliyatsizlik qilgan 9 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

 

Shuningdek, 10 ta xodimning maxsus unvoni pasaytirildi va 13 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi.

 

Ushbu masalada har hafta yakuni bilan har bir hududiy davlat soliq boshqarmalarining “korxonabay” hisobotlarini eshitish tizimi joriy etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"