0

Andijonda dahshatli qotillik sodir etildi

Erkak xotini, qaynonasi va qayniukasini pichoqlab qo‘ydi.

Andijonda dahshatli qotillik sodir etildi

 

Andijonda er o‘z xotini, qaynonasi va qayniukasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

 

Joriy yilning 12-sentabr kuni Izboskan tuman “To‘rtko‘l” MFY Xotira ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i 22 yoshli R.Sh., uni himoya qilish uchun chiqqan qaynonasi R.M. va 12 yoshli qayniukasi R.X.lar bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

 

Oqibatda, turmush o‘rtog‘i R.Sh va qaynonasi R.M. hodisa joyida, qayniukasi R.X. esa shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 12 sentyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Andijonda dahshatli qotillik sodir etildi