0

Namanganda o‘qituvchi o‘quvchilardan kaltak yedi

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Namanganda o‘qituvchi o‘quvchilardan kaltak yedi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda "o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklashdi" mazmunida video tarqalmoqda.



Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasidan olingan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan, qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratgan.



Ayni vaqtda mazkur holat viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq maʼlumotlar taqdim etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"