"Pereval"da yana yuk mashinasi yonib ketdi
Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 5 tonnalik hamda 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinalari bilan to‘qnashgan.

Bugun tongda “Qamchiq” dovonida Vodiy — Toshkent” yo‘nalishida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
FVV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 tonnalik “ISUZU” yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan.
"Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX yonayotgan mashinani soat 06:07 da o‘chirishgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.







