0

Ohangaronda 28 yoshli ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

Ular sharʼiy nikohda bo‘lgan.

Ohangaronda 28 yoshli ayol erini o‘ldirib qo‘ydi

 

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida ayol mast holatda turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi

 

Qayd etilishicha, 11 oktyabr kuni Ohangaron shahri “Ohunboboyev” mahallasida yashovchi 28 yoshli Z.Karimova xonadonida sharʼiy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 33 yoshli A.Sharipov bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib qolgan. Shunda ayol oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

 

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Z.Karimovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish)1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"