0

Andijondagi "Jahon bozorida" yong‘in bo‘ldi

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaj jalb etildi.

Andijondagi "Jahon bozorida" yong‘in bo‘ldi

 

Bugun, 19 oktabr kuni soat 03:46da Andijon shahar "Yorboshi" MFY, Nayman ko‘chasida joylashgan «Jahon savdo kompleksi» AJga qarashli do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. 

 

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:56da yetib borishib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da yong‘in batamom o‘chirilgan.

 

"Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi", — deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"