Direktorlar yana “trend”da: uning kuchi o‘quvchi qizga yetdimi?
Navoiyda maktab direktori urgan qiz hushini yo‘qotdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Navoiy shahar XTBga qarashli 11-AFCHO‘IM direktori 10-G sinf o‘quvchisini urgani, o‘quvchi esa hushini yo‘qotgani haqida tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro X.J Navoiy shahar IIBga murojaat qilib, qizi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan G‘.N.ni Navoiy shahar 11-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi direktori J.G. urib tan-jarohati yetkazganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tekshirish harakatlari Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘quvchi sinf rahbari tomonidan kaltaklangani, Samarqandda esa maktab direktori o‘quvchining quloq pardasini teshib yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi.
P.S: suratning xabarga aloqasi yo‘q.







