0

Bugun ochilishi vaʼda qilingan bog‘ hamon berk

Mutasaddilar bu gal qanday bahona o‘ylab topdi?

Bugun ochilishi vaʼda qilingan bog‘ hamon berk

 

Avvalroq “G‘afur G‘ulom” istirohat bog‘i 24 oktyabr kuni ochilishi haqida xabar bergandik. 

 

Bugun bog‘ qurilishiga masʼul shaxslardan birining Zamon.uz‘ga maʼlum qilishicha, uning ochilishi yana bir necha kunga surilishi mumkin. Bunga Toshkent shahrida kuzatilayotgan yomg‘irli ob-havo bilan bog‘liq vaziyat sabab qilib ko‘rsatildi.

 

Bundan avval esa “G‘afur G‘ulom” bog‘i shu yilning 1 sentyabr kuni faoliyatini qayta tiklashi aytilgandi. 

 

Bundan tashqari mutasaddilar bog‘ning ochilmayotganiga chet eldan keltirilishi kerak bo‘lgan attraksionlarning kechikayotganini sabab qilgandi. 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"