0

O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarda mahalliy aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarda mahalliy aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

 

Prezidentning “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra:

 

➖ hududlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida 2023 yil mart oyidan boshlab Samarqand-Nukus, Samarqand-Mo‘ynoq, Samarqand-Termiz, Buxoro-Termiz, Namangan-Termiz va Namangan-Nukus kabi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;

➖ Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini yana-da oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;

➖ aviaqatnovlar jadvalini yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan temir yo‘l, avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari ko‘riladi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"