Siyosat

Germaniya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Annalena Berbok tashrif davomida ikki davlat hamkorligida tashkil etilgan markazlarga borishni ham maqsad qilgan.

Germaniya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

 

Germaniya TIV matbuot kotibi xabar berishicha, mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 30 oktyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

 

Berbok Ostonada o‘z hamkasbi Muxtor Tleuberdi bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, vazir Toshkentda mamlakat tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan muzokaralar o‘tkazish hamda Germaniya-O‘zbekiston taʼlim markaziga tashrif buyurishni maqsad qilgan. Keyingi manzil Samarqand shahri bo‘lib, unda Berbok Germaniya ko‘magida qurilayotgan irrigatsiya tizimlarini borib ko‘radi.

 

Vazirga energetika va infratuzilma sohasi mutaxassislari delegatsiyasi hamrohlik qiladi, deya xabar berdi Germaniya TIV.

 

Berbok Markaziy Osiyo respublikalariga tashrifidan so‘ng Germaniyaning Myunster shahrida bo‘lib o‘tadigan "Katta yettilik" mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammitiga boradi. Unda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Xitoy va Eron bilan munosabatlari muhokama mavzusiga aylanishi aytilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo va Afrika davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari ham kun tartibida ko‘rib chiqiladi. Sammitda Afrika tashqi ishlar vazirlari va Afrika ittifoqi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.