Jahon

ISW: Putin yadro zarbasiga emas, uzoq davom etadigan nizoga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Rossiya Prezidentining Ukrainadagi strategiyasi taxmin qilindi.

ISW: Putin yadro zarbasiga emas, uzoq davom etadigan nizoga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 

 

Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) Ukrainadagi harbiy mojaro yuzasidan navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

 

Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, Rossiya Prezidenti yadro zarbalariga emas, oddiy qurollar bilan uzoqqa cho‘ziladigan mojaroga tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, asosiy eʼtibor Ukrainaning bosib olingan hududlarini qo‘lda saqlab qolish va yangi hududlarni egallashga qaratiladi.

 

Bunga Putin tomonidan o‘tkazilgan qisman harbiy safarbarlik misol bo‘la oladi.

 

“Ushbu safarbarlik unga ichki siyosatda qimmatga tushdi: yuz minglab odamlar boshqa davlatlarga qochib ketdi, misli ko‘rilmagan namoyishlar bo‘ldi va Rossiya harbiy-siyosiy doiralarining keskin tanqidlari ko‘paydi. Ammo agar Putinda mojaroni davom ettirish istagi bo‘lsa, bu tovonni to‘lashdan maʼno bor. U Ukrainaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natish zarurligini anglamoqda”, – deb qayd etgan hisobot mualliflari.

 

Ularning fikricha, Rossiya yangi safarbar qilinganlar bilan mavjud pozitsiyalarni saqlab qolmoqchi. Bahorda esa ancha yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan kuchlar bilan yangi hujumlarni boshlash mumkin bo‘ladi.

 

Shu bilan birga Putin sovuq qish ayrim Yevropa davlatlarining Ukrainaga beradigan yordamini qisqarishiga olib kelishiga umid qilayotgani taxmin qilingan.

 

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"