0

Metro bekatlaridan birining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda metropoliten axborot xizmati maʼlum qildi.

Metro bekatlaridan birining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

 

“Toshkent metropoliteni”ning “Yerusti halqa yo‘li”dagi 7-bekati (“Qo‘yliq”) joriy yilning 10 noyabr kunidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten “Yerusti halqa yo‘li” 6 va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshiriladi.

 

Shu sababdan 7-bekat (Qo‘yliq) 10 noyabr kuni soat 21:00 dan boshlab yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekatidan 6-bekatgacha tashkil etiladi.

 

“11-noyabr kunidan “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi”, – deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"