Jamiyat

Istanbul-Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyot Toshkentga qo‘ndirildi

Bunga nima sabab bo'lgani ochiqlandi.

Istanbul-Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyot Toshkentga qo‘ndirildi

 

Turkiyaning Istanbul shahridan Buxoroga uchgan TK-266 reysi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba”  xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Buxoroda noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgan. Aeroport hududida qalin tuman kuzatilgani sababli reys Toshkentga yo‘naltirilgan.

 

Avvalroq, Moskva-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot favqulodda Navoiyga qo‘ndirilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"