Andijondagi oshxonalarning biriga o‘t ketdi
Oltinko‘l tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Oltinko‘l tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14 noyabr, dushanba kuni soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Temirxo‘ja” MFY Temirxo‘ja ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kvadrat metr maydonida ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Shuningdek, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







