Iqtisodiyot

Buyuk Britaniyada soliqlarning keng miqyosda oshirilishi eʼlon qilindi

2025-yilning aprelidan elektromobil egalariga transport solig‘i joriy etiladi.

Buyuk Britaniyada soliqlarning keng miqyosda oshirilishi eʼlon qilindi

 

Iqtisodiy o‘sish surʼatlarining pasayishi va inflyatsiyaning tezlashishi fonida Buyuk Britaniya moliya vaziri Djeremi Xant soliqlarni keng ko‘lamda oshirish va davlat xarajatlarini qisqartirish rejasini taqdim etdi.

 

«Umuman olganda, joriy yilda iqtisodiy o‘sish 4,2 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Shunda yalpi ichki mahsulot 2023 yilda 1,4 foizga qisqaradi, keyingi uch yilda esa 1,3, 2,6 va 2,7 foizga o‘sadi», — dedi Djeremi Xant parlamentda inqirozdan chiqish rejasini taqdim etganda.

 

Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda joriy yilda inflyatsiya 9,1 foizni tashkil etadi va 2023 yilda 7,4 foizgacha pasayadi. Narxlarning oshishiga asosiy omillar energiya tariflarining oshishi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi bo‘ldi.

 

Taqdim etilgan chora-tadbirlar, boshqa narsalar qatori, daromad solig‘i bo‘yicha eng yuqori 45% stavka uchun yillik ish haqi chegarasini hozirgi 150,000 dan 125,000 funt sterlingga tushirishni o‘z ichiga oladi.

 

Yana bir yangilik 2025 yilning aprelidan elektromobil egalariga transport solig‘i joriy etiladi. Ilgari bu turdagi to‘lovni faqat ichki yonuv dvigatelli avtomobil egalari to‘lardi.

 

Energetika korxonalaridan olinadigan foyda yig‘imi 2028 yilning 1 yanvaridan martigacha amaldagi 25 foizdan 35 foizgacha oshiriladi, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarga esa 45 foizlik yangi vaqtinchalik soliq joriy etiladi.

 

Buyuk Britaniya g‘aznachiligi soliqlarning oshishi 2027-2028 yillarga qadar davlat g‘aznasini qo‘shimcha 25 milliard funt sterling bilan to‘ldirishini hisoblab chiqdi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"