0

Shirinliklar ortiga yashirilgan 114 millionlik pirotexnika

Qarshida noqonuniy ravishda olib ketilayotgan paqildoqlar ushlab qolindi.

Shirinliklar ortiga yashirilgan 114 millionlik pirotexnika

 

Qarshi shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX va boshqa sohaviy xizmat xodimlari hamkorligidagi tekshiruvlar davomida haydovchi U.A. boshqaruvidagi “Isuzi” rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilgan

 

Yukxonada shirinliklar ortiga xufyona tarzda yashirilgan, qiymati 114 million 240 ming so‘mlik jami 403 200 dona pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda olib ketayotganlik holati aniqlandi. 

 

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"