0

Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi "Neftgazinspeksiya" maʼlum qildi.

Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatidagi AYOQSHlarda AI-80 benzin 8 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYOQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.

 

«Benzin narxini sunʼiy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYOQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi», — deyiladi inspeksiya bayonotida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"